Shaxmat va shashka musobaqasi tashkil etildi
2026-06-17 14:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari o‘rtasida jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslar ostida kechib, ishtirokchilar o‘zlarining mantiqiy fikrlash, strategik yondashuv va intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandilar.
Mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlash va intellektual sport turlarini ommalashtirishga xizmat qildi.


