Bilim va mas’uliyat uyg‘unligi: Buxoroda tashkil etilgan seminar-treninglarda 300 dan ortiq sportchilar qamrab olindi
2026-06-05 14:35:00 / Yangiliklar

Ana shunday tadbirlardan biri Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda viloyat Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga talim-uznada.uz elektron ta’lim platformasining imkoniyatlari va undan samarali foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi. Agentlik mutaxassislari tomonidan antidoping sohasidagi bilimlarni mustaqil ravishda oshirish, o‘quv modullarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirish hamda yakuniy sertifikatga ega bo‘lish tartibi yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Natijada 300 nafardan ortiq sportchi platformadagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikat olishga erishdi.
Mazkur seminar-treninglar yosh sportchilarning antidoping sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularda halol raqobat madaniyatini shakllantirish hamda xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlari uchun zarur bilimlarni oshirishga xizmat qilmoqda.







