Pekindagi WADA simpoziumining ikkinchi kunida sohani yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
2026-06-02 22:00:00 / Yangiliklar
Xitoyning Pekin shahrida WADA tomonidan tashkil etilgan Osiyo va Okeaniya mintaqaviy simpoziumi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Simpoziumning ikkinchi kuni davomida WADA kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartirishlar, 2027-yildan kuchga kiradigan xalqaro standartlardagi yangiliklar hamda antidoping faoliyatining dolzarb yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
Simpozium doirasida O‘zbekistonning xalqaro antidoping hamjamiyati bilan hamkorligini yanada kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va milliy antidoping tizimini takomillashtirish maqsadida qator xalqaro tashkilot vakillari bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.



