Navoiyda antidoping ta’limiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi
2026-06-02 20:55:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari tomonidan Sport vazirligi bilan hamkorlikda Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi va Yakka kurash sport turlariga ixtissoslashtirilgan sport maktabi sportchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Tadbir sportchilarning antidoping sohasidagi bilimlarini oshirish, halol sport tamoyillarini keng targ‘ib qilishga qaratildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga antidoping qoidalari, sportchilarning huquq va majburiyatlari, taqiqlangan moddalar hamda ularning salbiy oqibatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, sportchilarga talim-uznada.uz elektron platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar shakllantirildi.
Tadbir yakunida 250 ga yaqin sportchi platformadagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldi. Mazkur seminar-treninglar sportchilar orasida toza va adolatli sport muhitini shakllantirish, ularning antidoping sohasidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.









