WADA prezidenti bilan uchrashuvda hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2026-06-02 10:00:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Sport vaziri Adkham Ikramov hamda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov ishtirok etib, mamlakatimizda sportda dopingga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro standartlarni joriy etish va antidoping tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot davomida O‘zbekistonning Butunjahon antidoping kodeksi talablarini milliy qonunchilikka moslashtirish borasida erishgan natijalari, sportchilar o‘rtasida antidoping ta’limini kengaytirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar alohida e’tirof etildi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekistonning xalqaro antidoping hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash hamda sportda adolat va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarining amaliy ifodasi bo‘ldi.



