ADAMS platformasidan foydalanish masalalari muhokama qilindi
2026-05-25 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun Sport vazirligi majlislar zalida dopingga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Milliy antidoping agentligi rahbariyati, shuningdek, sport federatsiya va assotsiatsiyalarining bosh kotiblari va masʼul vakillari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida sportchilar haqidagi ma’lumotlarni yuritish va saqlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi ADAMS platformasidan foydalanish masalasi atroflicha muhokama qilindi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilish yakunida mas’ullarga ADAMS tizimi bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.






