Farg‘onada tashkil etilgan seminarda 300 dan ortiq sportchilar qamrab olindi
2026-05-12 18:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan hududlarda tashkil etilayotgan seminar-treninglar sportchilar ongida halol sport tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, Agentlik mutaxassislari tomonidan Farg‘ona viloyatidagi sport ta‘lim muassasalarida seminar-treninglar o‘tkazildi. Jumladan, navbatdagi seminar-trening Farg‘ona viloyati Yakka kurash sport turlariga ixtissoslashtirilgan sport maktabi o‘quvchilari ishtirokida tashkil etildi.
Unda yuzdan ortiq sportchi ishtirok etib, halol sport tamoyillari, dopingdan xoli raqobat muhiti hamda xalqaro antidoping standartlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi. Seminar davomida ishtirokchilarga talim-uznada.uz elektron platformasidan foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.





