Farg‘onada antidoping ta‘limiga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi
2026-05-12 10:10:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan hududlarda seminar-treninglar izchil tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi manzil — Farg‘ona viloyati.

Farg‘ona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Agentlik mutaxassislari tomonidan sportchilar uchun seminar-trening tashkil etildi. Unda 150 ga yaqin sportchi ishtirok etib, halol sport tamoyillari, dopingdan xoli raqobat muhiti hamda xalqaro antidoping standartlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi.
Seminar davomida ishtirokchilarga talim-uznada.uz elektron platformasidan foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Bu kabi seminarlar mamlakatimizda toza va adolatli sport muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.





