Agentlik xodimlari xalqaro grantlar va xorijda taʼlim olishga bagʻishlangan maxsus seminarda ishtirok etdi
2026-05-07 15:05:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida davlat xizmatchilari uchun nufuzli xorijiy universitetlarning magistraturasiga xalqaro grant dasturlari orqali oʻqishga kirish mavzusida ikki kunlik maxsus oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.

Seminarda 70 nafarga yaqin davlat xizmatchisi qatnashdi. Unda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining ikki nafar mutaxassisi ham ishtirok etdi.
Ikki kun davomida ishtirokchilar jahon darajasidagi universitetlarga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni tayyorlash hamda Fulbright, Chevening, JDS va KOICA kabi xalqaro grant dasturlarida ishtirok etish boʻyicha amaliy bilimga ega boʻldilar.
Ushbu seminar Oʻzbekiston davlat xizmatchilarining dunyoning yetakchi universitetlarida taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va mamlakatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash yoʻlidagi yana bir amaliy qadam boʻldi.





