Xotira — millatning qalbi, ehtirom — uning ruhi
2026-05-09 14:20:00 / Yangiliklar

U ozodlik va mustaqillik yo‘lida jon fido qilgan, Vatan taqdiri uchun o‘z hayotini bag‘ishlagan fidoyilar xotirasini yod etish, ularga chuqur hurmat va minnatdorlik izhor etish ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari ham bu ulug‘ sana munosabati bilan motamsaro ona haykali huzuriga tashrif buyurishdi, fidoyilar xotirasiga hurmat ifodalandi. Ona qiyofasidagi motam — millatning yuragidagi dard, ammo shu bilan birga kelajakka ishonch ramzi sifatida namoyon bo‘ladi.
Xotira va qadrlash kunida amalga oshirilgan bunday tashriflar — bu oddiy marosim emas, balki kelajak avlod uchun ibrat, tarixdan saboq olish va Vatanga sadoqatni yana-da mustahkamlashdir. Milliy antidoping agentligi xodimlarining tashrifi ham ana shu maʼnaviy jarayonning bir qismi sifatida tarixiy xotiraga hurmat va minnatdorlik ifodasi bo‘ldi.



