Halol sport qadriyatlari Surxondaryoda keng targ‘ib etildi
2026-04-30 08:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan hududlarda sportchilarning bilimini oshirishga qaratilgan ta‘limiy tadbirlar izchil davom etmoqda.
Bu galgi manzil Surxondaryo bo‘lib, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport ta‘lim muassasasi yosh sportchilari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat antidoping qoidalari bilan tanishdilar, balki halol sportning asl mohiyatini anglash sari muhim qadam tashladilar.
Seminar jarayonida Agentlik mutaxassislari tomonidan talim-uznada.uz elektron platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Natijada 100 ga yaqin sportchi platformadagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Bu kabi tashabbuslar yoshlar qalbida halollik, adolat va masʼuliyat tuyg‘ularini mustahkamlab, mamlakatimizda toza sport muhitini barpo etishga xizmat qilmoqda.








