Milliy kurashchilarga toza sport sabog‘i tushuntirildi
2026-04-22 16:00:00 / Yangiliklar

Milliy sportimiz — Kurash bo‘yicha terma jamoa aʼzolari va masʼullar ishtirokida o‘tkazilgan seminar sportchilar uchun maʼnaviy maktabga aylandi. Unda tinglovchilarga “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati hamda Butunjahon antidoping kodeksidagi yangilanishlar orqali sportchi sifatidagi burch va vazifalar yana-da ravshan anglatildi.
Seminar jarayonida ishtirokchilarga antidoping qoidalari chuqur o‘rgatilib, amaliyotda zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Sportchilarning huquq va majburiyatlari, WADA talablari hamda qoidalarni buzish holatlari uchun jiddiy ogohlantirishlar aniq misollar bilan tushuntirildi.
Bu tadbir kurashchilar uchun oddiy o‘quv mashg‘uloti emas, balki sportda adolatli raqobat va sof muhitni taʼminlashga qaratilgan maʼnaviy saboq, toza sport yo‘lidagi ishonchli qadam bo‘lib xizmat qildi.








