Suzish bo‘yicha terma jamoa a‘zolari uchun seminar o‘tkazildi
2026-04-16 14:20:00 / Yangiliklar
Suzish bo‘yicha terma jamoa aʼzolari uchun O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan suzish bo‘yicha terma jamoa aʼzolari uchun seminar tashkil etildi.

Seminar davomida sportchilarga yangi tahrirda qabul qilingan “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, uning sport sohasidagi huquqiy asoslarni mustahkamlashdagi ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, sportchilarga Butunjahon antidoping kodeksiga kiritilgan o‘zgarish va yangilanishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Seminar jarayonida sportchilarga dopingga qarshi kurashda shaxsiy masʼuliyat, xalqaro qoidalarga rioya qilish haqida ham maʼlumotlar berildi.



