Sport kurashlari federatsiyasi sportchilari uchun seminar tashkil etildi
2026-04-16 13:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan sport kurashlari federatsiyasi sportchilari uchun seminar tashkil etildi. Yuqori jismoniy tayyorgarlik, tezkor fikrlash va kuchli iroda talab etadigan sport turi vakillarini amaldagi qonunchilik hamda antidoping sohasidagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida o‘tkazildi.
Seminar davomida “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, shuningdek Butunjahon antidoping kodeksiga kiritilgan o‘zgarish va yangilanishlar sportchilarga batafsil tushuntirildi.
Tadbir jarayonida sport kurashlari bilan shug‘ullanuvchi sportchilar uchun halol raqobatning ahamiyati, dopingga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda sportchining mas’uliyati alohida ta’kidlandi.


