Ayni paytda, mazkur bayramona jarayonlar bilan hamohang tarzda, har yili dunyo miqyosida keng nishonlanadigan “Halol sport kuni” ham O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan munosib tarzda o‘tkazilmoqda.
2026-04-11 14:00:00 / Yangiliklar

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida “Navroʻzni ulugʻlash — insonni ulugʻlashdir” ezgu shiori ostida o‘tkazilayotgan “Salomatlik sayli” doirasida milliy sport turlari va xalq o‘yinlariga bag‘ishlangan festival yuksak ruhda davom etmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda qadimiy an’analar, sog‘lom turmush tarzi va milliy qadriyatlar o‘zaro uyg‘unlashib, keng jamoatchilik qalbida sportga bo‘lgan mehr va e’tiborni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ayni paytda, mazkur bayramona jarayonlar bilan hamohang tarzda, har yili dunyo miqyosida keng nishonlanadigan “Halol sport kuni” ham O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan munosib tarzda o‘tkazilmoqda. Ushbu sana sportda halollik, poklik va adolat tamoyillarini ulug‘lash, yoshlar ongida sog‘lom raqobat va vijdonli g‘alaba tushunchalarini qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi.









