Og‘ir atletikachilar uchun qonunchilik va antidoping yangiliklari yuzasidan seminar o‘tkazildi
2026-04-03 16:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar terma jamoa a’zolari uchun “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, shuningdek Butunjahon antidoping kodeksiga kiritilgan so‘nggi o‘zgarish va yangilanishlar yuzasidan seminarlar tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Chirchiq shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa a’zolari uchun o‘tkazilgan seminarda sportchilar nafaqat yangi qonunchilik talablari bilan tanishdilar, balki halol sport tamoyillarining mazmuni va ahamiyatini yana bir bor chuqur angladilar.





