Dzyudo federatsiyasi sportchilariga Qonun va WADA kodeksi bo‘yicha tushuntirishlar berildi
2026-04-01 15:35:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalar terma jamoa a’zolari uchun “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati shuningdek, Butunjahon antidoping Kodeksiga kiritilgan o‘zgarish va yangilanishlar yuzasidan seminarlar tashkil etilmoqda.
Mazkur seminarlar doirasida sportchilarga amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar, yangi talablar hamda ularning amaliy ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berilmoqda.






