Platformadan foydalanish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda
2026-03-31 09:55:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi hamda Sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan yosh sportchilarni o‘qitish kalendar rejasiga muvofiq, Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportchi-o‘quvchilar uchun seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilarga talim-uznada.uz elektron platformasidan foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.
Seminar-treninglarning asosiy maqsadi sportchilarda halol sport tamoyillariga sodiqlikni mustahkamlash, antidoping qoidalariga ongli ravishda rioya etish madaniyatini shakllantirish, sportchilar o‘rtasida dopingga nisbatan salbiy munosabatni kuchaytirish hamda mamlakat sportini dopingdan holi, toza va adolatli hudud sifatida rivojlantirish maqsad qilingan.






