Yosh sportchilar uchun seminar-trening tashkil etildi
2026-03-11 15:35:00 / Yangiliklar
Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida sportchi-o‘quvchilar uchun antidoping mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Mazkur tadbir O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi hamda Sport vazirligi o‘rtasida tasdiqlangan yosh sportchilarni o‘qitish bo‘yicha kalendar reja asosida o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga antidoping qoidabuzarlik turlari, ularning sportchi faoliyati va natijalariga ta’siri hamda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, sportchi-o‘quvchilar uchun talim-uznada.uz elektron platformasidan foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi. Ushbu platformada ta’lim olib, sertifikatga ega bo‘lish sportchilarga Respublika chempionatlari va kubok musobaqalarida ishtirok etish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.




