Uch nafar sambochi diskvalifikatsiya qilindi
2026-03-10 18:20:00 / Yangiliklar

Xalqaro testlash agentligi (ITA) qaroriga asosan o‘zbekistonlik 3 nafar sambochi turli muddatlarga diskvalifikatsiya qilindi. Ushbu sportchilardan xalqaro darajadagi doping ofitserlari namuna olgan.
1. Xakimjon Ismoilovdan musobaqa davomida olingan namuna tahlilida taqiqlangan modda — klomifen moddasi aniqlangan va sportchini 2 yilga sportdan chetlatish bo‘yicha qaror chiqarilgan. Sportchining diskvalifikatsiya muddati 2025-yil 14-dekabrdan - 2027-yil 13-dekabrgacha etib belgilangan.
2. Shohruxbek G‘apurovdan musobaqa davrida olingan namuna tahlilida meldoniy moddasi aniqlangan. Sportchiga nisbatan 3 yillik diskvalifikatsiya qo‘llanilgan bo‘lib, u 2025-yil 28-oktyabrdan 2028-yil 27-oktyabrgacha amal qiladi.
3. Abduraxmon Mirzadjonovdan ham musobaqa davrida olingan namuna tahlilida taqiqlangan modda — meldoniy aniqlangan. Shunga ko‘ra sportchini 3 yilga sportdan chetlatish jazo chorasi qo‘llanilgan. Diskvalifikatsiya muddati 2025-yil 20-maydan - 2028-yil 19-maygacha belgilangan.
Mazkur sportchilardan namuna olingan kundan boshlab diskvalifikatsiya muddati boshlangunga qadar qayd etilgan barcha musobaqa natijalari bekor qilinadi. Shuningdek, diskvalifikatsiya jazo muddatini o‘tayotgan sportchi, har qanday turdagi mahalliy va xalqaro musobaqalarda, terma jamoa bilan va jamoaga tegishli bo‘lgan o‘quv mashg‘ulot bazalarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Ushbu holat qayd etilgan taqdirda sportchiga qo‘shimcha muddat belgilanishi mumkin.
