8-mart bayrami munosabati bilan Agentlik xotin-qizlariga ehtirom bildirildi
2026-03-06 12:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Milliy antidoping agentligida "8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida Agentlik direktori tomonidan tashkilotda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar samimiy tabriklandi. Ularning mehnatsevarligi, masʼuliyati va antidoping sohasini rivojlantirishdagi munosib hissasi alohida eʼtirof etildi.
Bayram tadbirida jamoaning erkak xodimlari ham faol ishtirok etib, barcha ayollarni ushbu qutlug‘ sana bilan muborakbod etdilar. Tadbir doirasida ayollarning jamiyat va oiladagi o‘rni, ularning kasbiy rivoji uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda gender tenglikni taʼminlash masalalari haqida fikr bildirildi.
Mazkur tadbir xotin-qizlarga bo‘lgan hurmat va eʼtiborning yana bir ifodasi bo‘lib, jamoada samimiy bayramona kayfiyatni yuzaga keltirdi.









