Yangi tahrirdagi WADA Kodeksi: sportchilar uchun qanday o‘zgarishlar bor?
2026-03-04 16:00:00 / Yangiliklar

Butunjahon antidoping Kodeksi muntazam ravishda takomillashtirib boriladi. Hozirgi kunga qadar amalda bo‘lgan 2021-yilda tasdiqlangan WADA Kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. 2027-yildan kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar va yangilanishlar bo‘yicha Agentlik direktori A.Sadikov huzurida taqdimot o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida o‘zgartirish kiritilgan har bir moddaga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yangi Kodeksda asosiy o‘zgarishlardan biri taʼlimni yana-da samarali boshqarish, uyg‘unlashtirish, ijro etish, sportchilar va ularning vakillarini antidoping sohasida bilimli qilish orqali doping qoidabuzarliklarining oldini olishga qaratilmoqda.
Shuningdek, terapevtik istisno (TI) berish tartiblari aniqlashtirilib, tibbiy zarurat mavjud bo‘lgan holatlarda sportchilar uchun qonuniy imkoniyatlar saqlab qolingan.
Kelasi yil kuchga kiradigan tahririda bir tomondan nazorat tizimi kuchaytirilsa, ikkinchi tomondan sportchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kafolatlar kengaytirilgan. Kodeks muhokamasi davomi etadi.






