Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
2026-02-25 15:20:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish va dopingga qarshi kurash sohasida tajriba almashish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA) direktori v.Abdulla O‘zbekiston Milliy antidoping agentligiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Agentlik direktori A.Sadikov va masʼul xodimlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida dopingga qarshi kurash sohasidagi dolzarb masalalar, jumladan, VADA audit guruhi tomonidan ilgari surilgan vazifalar ijrosi, shuningdek, 2027 yilda kuchga kiradigan yangi tahrirdagi Butunjahon antidoping Kodeksi talabalarini milliy qonunchilikka moslashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da faollashtirish va belgilangan rejalarni izchil amalga oshirish muhimligini qayd etdilar.



