Sportchining huquqlari
2026-02-25 10:05:00 / Yangiliklar

Antidoping tizimi sportda halol, adolatni ta‘minlashga qaratilgan bo‘lib, unda sportchilarning huquqlari va majburiyatlari aniq belgilangan. Ushbu talablar WADA Kodeksida va boshqa hujjatlarda aks ettirilgan.
1. Taʼlim olish - sportchilar va ularning vakillari antidoping qoidabuzarligini sodir etmasligi uchun tegishli Milliy antidoping tashkilotlardan antidoping qoidalari, test jarayoni, sportda taqiqlangan moddalar ro‘yxati va TI (terapevtik istisno) haqida to‘liq axborot olish huquqi.
2. Musobaqalarda ishtirok etish - sportchi dopingdan holi musobaqalarda qatnashish, sog‘lom raqobat qilish va o‘z salomatligini himoya qilish.
3. Teng va adolatli tekshiruv – doping test olish jarayoni har bir sportchiga teng sharoitda qo‘llanilishi va diskriminatsiya qilinmasligi.
4. Adolatli sudlov va murojaat huquqi - doping qoidalabuzarligi bo‘yicha ayblovlar bo‘lsa, sportchi mustaqil va adolatli ko‘rikdan o‘tish, shikoyat qilish va sudga murojaat qilish huquqiga ega.



