O‘zMADA va JADA o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-10 12:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi (O‘zMADA) va Yaponiya antidoping agentligi (JADA) o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi asosida bugun onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tomonlar antidoping sohasidagi tajribalarni almashish, taʼlim dasturlarini takomillashtirish va sportchilar hamda murabbiylar uchun zamonaviy taʼlim metodlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
O‘zMADA va JADA o‘rtasidagi hamkorlik doirasida kelgusida rejalashtirilgan uchrashuvlar haqida fikr almashildi
