Sportchilarga ADAMS tizimidan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda
2026-02-05 16:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi tomonidan sportchilarni tayyorlash va dopingga qarshi kurashni samarali tashkil etish maqsadida ADAMS tizimidan sportchilar to‘g‘ri foydalanishi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
Agentlik mutaxassislari reja asosida har bir sportchiga ushbu tizimdan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini bosqichma-bosqich tushuntirib bermoqda. Xususan, eshkak eshish, gimnastika, karate, dzyudo, zamonaviy beshkurash, taekvondo va sambo sport turlari bo‘yicha sportchilarga joylashuv maʼlumotlarini kiritishdan tortib, test natijalari va tibbiy maʼlumotlarni to‘g‘ri qayd etishgacha bo‘lgan jarayonlar amalda ko‘rsatib berild.




