Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA)нинг hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi
2026-01-26 18:20:00 / Yangiliklar

Markaziy Osiyo mintaqaviy antidoping agentligi (RADOCA)ning navbatdagi hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ishtirokchi davlatlar vakillari mintaqada dopingga qarshi kurash sohasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi ustuvor vazifalar yuzasidan maʼlumot berishdi.
Tadbirda WADA Kodeksi talablariga rioya etish, xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritish, sportchilar salomatligini asrash va adolatli raqobatni taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, laboratoriyalar bilan ishlash va profilaktik tadbirlarni kengaytirish yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Yig‘ilish ishtirokchilari RADOCAning mintaqadagi roli va ahamiyatini yuqori baholab, dopingga qarshi kurashda tizimli yondashuvni kuchaytirish, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish zarurligi taʼkidlandi.









