Global Atomic Quiz 2024: Besh yil - Atom yutuqlarining beshta sohasi
2024-11-07 09:30:00 / Atom texnologiyalari bo'yicha axborot markazi (ATAM)
10-noyabr kuni Butunjahon fan kunini nishonlash munosabati bilan "Rosatom" davlat korporatsiyasi an’anaviy ravishda atom mavzusida Global Atomic Quiz 2024 xalqaro viktorinasini o‘tkazadi. Bu yil viktorina o‘zining besh yilligini nishonlaydi va quyidagi maxsus formatda: 13 tilda onlayn va butun dunyo bo‘ylab – Braziliyadan tortib O'zbekistongacha bo‘lgan davlatlarda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar nafaqat tinch maqsadlardagi atom haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lishlari va noyob sovrinlarni yutib olishlari, balki yadro texnologiyalarining har xil sohalarda qo‘llanilishlarini bilib olishlari mumkin. Viktorina ingliz, rus, bengal, venger, ispan, portugal, qirg‘iz, qozoq, mo‘g‘ul, turk, o‘zbek, arab va indoneziya tillarida o‘tkaziladi.
Viktorinada ishtirok etish uchun 10-noyabr kuni loyiha veb-saytida (https://quiz.atomforyou.com/uz/) ro‘yxatdan o‘tish kerak bo‘ladi. Ishtirokchilarga turli xil murakkablik va mavzudagi 25 ta savolga javob berish uchun 24 soat vaqt beriladi. Masalan, Yerda yulduzlarning energiyasini boshqarish mumkinmi? Qadimgi ehromlar va vulqonlarning sirlarini ularga yaqin bormasdan turib qanday bilib olsa bo‘ladi? Nima uchun AESdan chiqadigan issiqlik, shundog‘am issiq bo‘lgan tropic hududlarda qimmatli hisoblanadi? Besh yillik munosabati bilan viktorina savollari atom sohasining asosiy yutuqlarini ifodalovchi beshta tematik yo‘nalishga bo‘linadi: yashil energetika, tibbiyot, fan, transport va sanoat, shuningdek, agrosanoat. Loyiha veb-saytida atom texnologiyalarining turli sohalarini yaqqol ko‘rsatib beradigan va viktorina ishtirokchilari uchun foydali ma'lumotlar sifatida xizmat qiladigan infografikalar bilan tanishish mumkin.
Barcha ishtirokchilarga elektron sertifikat taqdim etiladi, uni esa o‘z qurilmalariga saqlab olish va ijtimoiy tarmoqlardagi do‘stlari bilan ulashishlari mumkin. Eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan yuzta g‘olib ekskluziv sovrin - shunchaki boshqotirma emas, balki kosmik kemalardan tortib yuqori texnologiyali fermerlikkacha bo‘lgan atom texnologiyalarining ajoyib dasturlari bilan tanishish imkoniyati bo‘lgan raqamli atom jumbog‘i bilan taqdirlanadi. Uchta g‘olib esa maxsus sovrin - Rossiyaga sayohatga ega bo‘ladi. G‘oliblar ro‘yxati loyiha saytida 22-noyabrga qadar e’lon qilinadi.
Global Atomic Quiz shunchaki ilmiy-ommabop viktorina emas, balki yadro fizikasi asoslari haqida hikoya qiluvchi, insonning kundalik hayotida atom texnologiyalarining ahamiyati va sayyoramizni saqlab qolishda atom energiyasining rolini ta’kidlaydigan haqiqiy global ma’rifiy loyihadir. Loyiha 2020-yildan buyon 11 dan ortiq tilda amalga oshirilib, to‘rt yil davomida 70 dan ortiq mamlakatdan 40 mingdan ortiq ishtirokchilar e’tiborini tortdi.
2023-yilda loyiha "Ilm-fanga sodiqlik uchun" IX Butunrossiya mukofotining "Ilm-fanga sodiqlik" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.