To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati hokimlik hamda uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida, rasmiy veb-saytda va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, jamoatchilik bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda hokimlikning ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida faoliyat olib boradi.
Axborot xizmatining asosiy vazifalari:
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimining axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
keng jamoatchilikni tuman hokimligi faoliyati, hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlari hamda sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida xolis, tezkor va ishonchli axborot bilan ta’minlash;
ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, matbuot anjumanlari, brifinglar, media-tadbirlar tashkil etish hamda press-relizlar, axborot xabarlari va boshqa media mahsulotlarini tayyorlash;
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini yuritish, ularga axborotlarni muntazam joylashtirib borish va yangilash;
ommaviy axborot vositalari hamda internet tarmog‘ida e’lon qilinayotgan materiallarni monitoring qilish, jamoatchilik fikrini tahlil etish hamda zarur hollarda rasmiy munosabat va izohlarni tayyorlash;
hokimlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, fuqarolar hamda ommaviy axborot vositalari bilan samarali axborot almashinuvini tashkil etish.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi Axborot xizmati
Telefon: (+998 99) 393-29-92
Elektron pochta: toraqorgon.t@exat.uz
Rasmiy veb-saytga axborotlarni joylashtirish va yangilash uchun mas’ul shaxs
- Kenjayeva Zoxida Abdullayevna - tuman hokimligining axborot xizmati rahbari
- Xoshimov Ilhombek Islomxon o‘g‘li - raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyiha menejeri
Telefon: (+998 99) 000-88-40
Elektron pochta: ilhom051297@gmail.com
