Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma va atamalar ro‘yxati
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligining rasmiy veb-sayti fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari hamda davlat organlari uchun hokimlik faoliyatiga oid ochiq axborotlarni taqdim etish, davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish va fuqarolar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqilgan.
Saytdagi bosh menyular soni 7 tani tashkil etadi va ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Hokimiyat haqida
Ushbu bo‘limda To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi faoliyati, hokimlikning tashkiliy tuzilmasi, rahbariyat, markaziy apparat, Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani Kengashi, Jamoatchilik kengashi, bo‘sh ish o‘rinlari hamda hokimlik faoliyatiga oid umumiy ma’lumotlar joylashtirilgan.
Faoliyat
Mazkur bo‘limda hokimlik tomonidan amalga oshirilayotgan asosiy faoliyat yo‘nalishlari, elektron hukumat tizimini rivojlantirish, xalqaro hamkorlik, korrupsiyaga qarshi kurashish, yoshlar siyosati, gender tengligini ta’minlash hamda boshqa ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Davlat xizmatlari
Mazkur bo‘lim orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin. Bo‘limda ko‘p beriladigan savollar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga havolalar joylashtirilgan.
Hujjatlar
Bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, tuman hokimining qaror va farmoyishlari, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi, faoliyatga oid qonun va qarorlar hamda fuqarolarning davlat axborot resurslaridan foydalanish huquqlari bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilinadi.
Raqamli hukumat
Ushbu bo‘limda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan elektron xizmatlar hamda Tashabbusli budjet loyihasi bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirilgan. Mazkur bo‘lim orqali fuqarolar ochiq ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Axborot xizmati
Bo‘limda hokimlik faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklar, rahbariyatning bayonot va nutqlari, voqealar taqvimi, matbuot anjumanlari, press-relizlar hamda majlislar to‘g‘risidagi axborotlar muntazam e’lon qilib boriladi.
Bog‘lanish
Mazkur bo‘lim orqali foydalanuvchilar hokimlik bilan bevosita muloqot qilishlari мумкин. Unda aloqa ma’lumotlari, qayta aloqa shakli, so‘rovnomalar hamda korrupsiyaga oid murojaatlarni yuborish imkoniyatlari mavjud.
Bosh sahifadagi asosiy bo‘limlar
Bosh sahifada foydalanuvchilar uchun eng muhim axborotlar tezkor ko‘rinishda taqdim etilgan bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Yangiliklar — hokimlik faoliyati va tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar haqidagi eng so‘nggi yangiliklar.
- Faoliyatlar yo‘nalishi — hokimlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari.
- Interaktiv xizmatlar — fuqarolar va tadbirkorlar uchun elektron xizmatlar hamda foydali havolalar.
- Voqealar taqvimi — rejalashtirilgan tadbirlar, uchrashuvlar va ommaviy tadbirlar jadvali.
- Foydali havolalar — davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy axborot resurslariga havolalar.
- Hujjatlar — hokimlik faoliyatiga oid eng muhim hujjatlar va qarorlar.
- So‘rovnomalar — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan onlayn so‘rovnomalar.
- Amalga oshirilayotgan loyihalar — tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya, infratuzilma va ijtimoiy loyihalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Asosiy atamalar
- Hokimiyat – To‘raqo‘rg‘on tumani hududida ijro etuvchi davlat hokimiyati organi.
- Elektron hukumat – davlat organlari tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar tizimi.
- Interaktiv xizmat – internet orqali masofadan turib foydalanish mumkin bo‘lgan davlat xizmati.
- Murojaat – jismoniy yoki yuridik shaxslarning hokimlikka yuboradigan ariza, taklif yoki shikoyati.
- Normativ-huquqiy hujjat – umummajburiy qoidalarni belgilovchi qonun, farmon, qaror va boshqa huquqiy hujjatlar.
- Ochiq ma’lumot – qonunchilikka muvofiq erkin foydalanish uchun e’lon qilingan davlat ma’lumotlari.
- Tashabbusli budjet – fuqarolar tashabbuslari asosida mahalliy budjet mablag‘larini taqsimlash tizimi.
- Press-reliz – ommaviy axborot vositalari uchun tayyorlangan rasmiy axborot.
- Qayta aloqa – foydalanuvchilar va hokimlik o‘rtasidagi elektron muloqot vositasi.
- So‘rovnoma – jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan elektron anketa.
