#bugun_qabul...
2026-08-22 14:00:00 / Yangiliklar
Belgilangan reja-jadvalga ko‘ra, “Xalq qabulxonasi” binosida To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimovning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.

Unda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tinglandi. Jumladan, xonadon ta’mirlash, bolalar nafaqasi olish, moddiy yordam, davolanish, uy-joyni ravsmiylashtirish, elektr ta’minotini yaxshilash, ichimlik suvi yetkazib berishdagi muammoni hal etish, olingan kredit mablag‘ini to‘lashga ko‘maklashish kabi masalalar qabul joyining o‘zida mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Murojaatlar albatta, belgilangan muddatda va adolatli o‘rganiladi va xulosa asosida hal etish choralari ko‘riladi.









