Hokim qabuli: murojaatlar qonuniy va shaffoflikka asoslangan holda ko‘rib chiqildi
2026-08-08 16:00:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Sherali Qosimovning “Xalq qabulxonasi”da o‘tkazilgan bugungi qabulida o‘ttizdan ortiq fuqarolar o‘z muammo va takliflarini bildirdilar.

Jumladan, uy-joy ta’miri, kredit qarzdorligini qoplab berilganligini tasdiqlash, davolanish uchun yordam, bankdan olingan kredit uchun qo‘yilgan ta’qiqni olib tashlash, ishga joylashish, elektr hisoblagichni almashtirib berish, tadbirkorlik uchun loyiha-taklif berish, turmush o‘rtog‘iga tibbiy yordam zarurligi, chekka hududda joylashgan Obod mahallasi aholisidan qabristonni obodonlashtirish, yoritish chiroqlari o‘rnatish, katta yo‘lni asfaltlashtirish kabi masalalarda murojaatlar bo‘ldi.
Qabul joyining o‘zida ushbu so‘rovlar tegishliligi bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida o‘rganib chiqildi va nazoratga olindi. Hal etish choralari esa qonunlarga amal qilib, shaffof holda ko‘riladi.









