Dolzarb 30 kunlik – hosil toʻplashga katta imkoniyat
2026-07-13 15:30:00 / Yangiliklar

Viloyatdagi soha mutaxassislari va oqsoqol maslahatchilardan iborat ishchi guruhi Toʻraqoʻrgʻon tumanida gʻoʻza parvarishi sifati bilan tanishdilar.
Tumanda joriy yilda 3200 gektar maydonda paxta yetishtirilmoqda. Davlatga 17245 tonna hosil topshirish maqsad qilingan. Ana shu katta xirmonni uyish uchun hozirgi kunlardan unumli foydalanilmoqda.
Ishchi guruhi tomonidan "Shahand Aʼzamiy", "Buramatut gulshani", "Fayziobod koʻrkli diyori", "Komilov Tursunboy" fermer xoʻjaliklarida dala ishlarining borishi oʻrganildi.
Dolzarb kunlarda agrotexnik tadbirlarni sidqidildan amalga oshirib, yuqori hosil va yuqori daromad uchun puxta zamin yaratishga qulay fursat. Shuning uchun har bir fermer xoʻjaligi oʻz dalasida boʻlib, gʻoʻzaga ishlov berish, parvarishlash borasida soha olimlari, mutaxassislari va tajribali ustoz fermerlar tavsiyasi asosida tizimli ishlar tashkil etishi lozimligi taʼkidlandi.









