"Xalq qabulxonasi"da tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i H. Mahmudovaning jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
2026-07-13 11:30:00 / Yangiliklar

Qabul davomida fuqarolarning oilaviy masalalar, uy-joy ta’miri, sog‘lomlashtirish oromgohiga yo‘llanma olish hamda moddiy yordam ajratish bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.




