Birinchi o‘rinbosar qabul o‘tkazdi
2026-07-10 13:00:00 / Yangiliklar
Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni hal etish choralarini ko‘rish uchun haftaning har bir kunida fuqarolar uchun qabullar tashkil etilyapti. Bugun ham “Xalq qabulxonasi” binosida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – iqtsiodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Qudratbek Soxodillayev turli mazmundagi masalalarni eshitdi.

Unda bildirilgan hisoblangan soliq to‘lovlarini qayta ko‘rib chiqish, farzandini davolatish, nabirasini operatsiya qildirish, moddiy yordam olish, qo‘shnilar bilan bo‘layotgan nizoni hal etish haqidagi murojaatlar nazoratga olindi.





