“Rahbar va yoshlar uchrashuvi” ochiq muloqot tarzida o‘tdi
2026-07-09 14:00:00 / Yangiliklar
Namangan ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida tashkillangan navbatdagi uchrashuvda yoshlar tuman hokimi o‘rinbosari Ikromjon Parpiyevga murojaatlarini bildirar ekanlar, ushbu intilishlar ortida ezgu maqsadlari borligini ham aytib o‘tishdi.

Ishtirokchilarning aksariyati o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashishda yordam so‘rashdi. Tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamda mutasaddi rahbarlarga bu yoshlar bilan alohida shug‘ullanish va bo‘sh joylar bilan tanishtirish topshirig‘i berildi.
Shohidon mahallasidagi kurash maktabi ancha yillardan beri faoliyat olib boradi, biroq, hozirgi kunda ta’mirga muhtoj. Maktab murabbiysi shu masala hal etib berilsa, yana ko‘proq yoshlarni sportga jalb qilishi mumkinligini aytdi.
Murojaatlar tadbir joyining o‘zida ko‘rib chiqildi va nazoratga olindi.









