Qatag‘on mahallasida aholi muammolari hal etiladi
2026-07-01 15:00:00 / Yangiliklar

Ma’lumki, muhtaram Prezidentimizning e’tiborlari tufayli tumandan ikkita - Ozod va Qatag‘on mahallalari “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla”ga aylanadi. Buning uchun mazkur hududlarga 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratilgan.
Yurtboshimiz rahbarliklarida o‘tkazilgan selektor yig‘ilishida ana shu yangi loyihalarni xalq bilan bahamjihatlikda amalga oshirish topshiriqlari berilgandi.
Qabul davomida asosiy muammolar haqida maslahatlashildi, taklif, mulohazalar tinglandi. Fuqarolar elektr, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, ichki yo‘llarni asfaltlashtirish, piyodalar yo‘lakchasi qurish, beton tayanchlar o‘rnatish bo‘yicha zaruriy ishlarni tuman rahbariga bildirdilar. Masalalar shu yerning o‘zida mutaxassislar ishtirokida ko‘rib chiqildi va choralar belgilandi. Piyodalar uchun o‘tish yo‘li chizish masalasi tezkor hal etildi.
Yuqoridagi dastur doirasida hozirda mahalla binosini mukammal ta’mirlash ishlari boshlab yuborildi, boshqa rejalar ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.









