#Aholi_murojaatlari_e’tiborda
2026-06-13 15:30:00 / Yangiliklar

Bugun To‘raqo‘rg‘on tumani Madaniyat markazida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga murojaat qilgan yurtdoshlarimizning arizalari bilan tanishildi.
Viloyat hokimi boshchiligida viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari va boshqa mas’ullar har bir murojaatni atroflicha o‘rgandilar. Ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. Ayrimlariga huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, viloyat hokimi qabulini so‘rab kelgan murojaatchilar ham o‘z dardu tashvishlari bilan yuzlandilar. Ularning aksariyati moddiy yordam, turar joy, kadastr, kredit va boshqa masalalarda ko‘mak so‘radilar.
Viloyat rahbari aholi murojaatlarini batafsil eshitib, ijobiy yechim topish uchun tegishligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar mutasaddilariga zarur topshiriq hamda ko‘rsatmalar berdi.








