Diqqat, tender tanlovi!
2026-05-24 10:00:00 / Yangiliklar

Toʼraqoʼrgʼon tumani hokimligi 05.02.2026 yildagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan Ijtimoiy reestrdagi 10 nafar I guruh nogironligi boʼlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʼlmagan oilalar xonadonlarining energiya samaradorligini oshirish, isitish tizimini yaxshilash maqsadida qurilish materiallari olib berish va xizmat koʼrsatish bilan bogʼliq xarajatlar uchun 512 973 000,0 (besh yuz oʼn ikki million toʼqqiz yuz yetmish uch ming) soʼmlik, quyosh panellari oʼrnatib berish uchun 180 360 000,0 (bir yuz sakson million uch yuz oltmish ming) soʼmlik ish bajarilishi uchun tender tanlovi oʼtkazilishi eʼlon qilinadi.
Tanlov oʼtkazish muddati eʼlon qilingan sanadan boshlab 3 ish kuni.
Murojaat uchun telefon: 93 519 77 03
