Qishloq xo‘jaligidagi dolzarb yumushlar o‘rganildi
2026-02-18 10:30:00 / Yangiliklar
“Zabardast G‘ayrat” MMTP hududida 6 ta fermer xo‘jaliklarining maydonlari joylashgan, bu yerlar avvallari qir-adirliklardan iborat bo‘lgan. Yillar o‘tib tuproqqa berilgan ishlovlar, agrotexnik tadbirlar tufayli hosildorlik ko‘payib boryapti.

Bugun tuman hokimi Sherali Qosimov rahbarligida “G‘ayrat ziynati”, “Borillo Akbarov”, “Mustaqillikning 10 yilligi”, “Yangiobod zar ziynati” fermer xo‘jaliklarida g‘alla parvarishi, chigit ekishga tayyorgarlik, dala chetlarini obodonlashtirish, ariqlarni tartibga keltirish orqali suv tejamkorligiga erishish, tomchilatib sug‘oriladigan maydonlarni ko‘paytirish kabi jarayonlar ko‘zdan kechirildi. Rivojlanishdan orqada qolayotgan g‘alla ekinlarini qo‘shimcha oziqlantirish, zang va turli kasalliklar, zararli hashoratlardan himoya qilish choralarini ko‘rish bo‘yicha alohida topshiriqlar berildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati






