Uch avlod uchrashuvi
2026-02-17 13:30:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumani maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limiga qarashli 36-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida avlodlar o‘rtasida uzviylikni mustahkamlash, yoshlarning qalbida milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish, keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalarini yoshlar bilan bo‘lishish orqali ularni hayotga tayyorlash maqsadida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.

Tadbirda tumanimizda faoliyat olib borayotgan "Nuroniylar kengashi" guruhi aʼzolari, mehnat faxriylari, mahalla faollari, ota-onalar, pedagoglar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Uchrashuvda uch avlod vakillari bir davraga jamlanib, ular o‘rtasida samimiy muloqot muhiti yaratildi, hayotiy saboqlar, o‘tgan davr xotiralari, bugungi kun yutuqlari hamda kelajak rejalari haqida fikr almashdilar.
Nuroniy onaxonlar bugungi yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlari, zamonaviy fan va texnologiyalarni egallashga tahsinga loyiq ekanligini taʼkidladilar.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati





