Mahallalarda sanoat ishlab chiqarish korxonalari ko‘payib bormoqda.
2026-02-17 12:30:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Hamid Olimjon nomli mahalla hududida joylashgan "Istiqbol sanoat" MChJda erkaklar ko‘ylagi ishlab chiqariladi. Bu yerda mahalladagi aholining 40 nafari doimiy ish bilan ta’minlangan.

Korxonada oyiga 2000 dona mahsulot tayyor holga keltirilib, buyurtmachilarga yetkazib berilmoqda.
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ushbu mo‘jazgina korxonada bo‘lib, jahon standartlariga mos ravishda tikilayotgan kiyimlar sifati bilan tanishdi.
Tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar tufayli mahallalarda yangi ish o‘rinlari yaratilayotgani va iqtisodiyotga salmoqli ulush qo‘shilayotgani ta’kidlandi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati




