Qishloq xo‘jaligida ilmiy yondashuv — muvaffaqiyatlar asosi.
2026-02-17 10:30:00 / Yangiliklar

Dastlab qishloq xo‘jaligidagi jarayonlar ko‘zdan kechirildi. Joriy yilda tumanda 3200 gektar maydonda paxta, 4526 gektarda g‘alla yetishtiriladi. Albatta, buning uchun katta mehnat, izlanish talab etiladi.
Tajribalar ilm-fanga tayanib, yangiliklarni qo‘llash qanday samaralar keltirishini isbotladi. Bu yil 1900 gektar maydonda Shinjon tajribasi asosida chigit ekiladi va tabiiyki, shuncha yerda tomchilatib sug‘orish yo‘lga qo‘yiladi.
Mutaxassislarning bildirishicha, tomchilatib sug‘orishni qo‘llaganda ildiz tizimi bunga tez va faol ko‘nikadi, namlik va ozuqani yetkazib berishni osonlashtiradi, harajatni sezilarli kamaytiradi.
Ishchi guruhi "Baxtiyor, Ne’matjon, Shavkatjon", "Komiljon ota EOK", "Fozilbek Abdulhodiev" fermer xo‘jaliklarida g‘alla nihollari rivoji, shuningdek, "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi" faxriy unvoni sohibi Tursunboy Komilovning dala shiyponida chorvachilikni ham yo‘lga qo‘yib, Rossiya davlatidan keltirilgan zotdor mollar parvarishi bo‘yicha tajribasi bilan yaqindan tanishdi.
Viloyat hokimi o‘rganish davomida g‘alla parvarishi, bahorgi dolzarb yumushlar bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Тўрақўрғон тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати









