#xalqaro_xamkorlik
2026-02-16 16:00:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan “"Gold fresh frukts" MChJ tomonidan tashkil etilgan intensiv bog‘da Gollandiyaning "YARA" kompaniyasi mas’ul mutaxassislari bilan eksportbop mahsulotlar yetishtirish, ularning unumdorligi hamda agrotexnik xizmatlari bajarilishi bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda tuman hokimining o‘rinbosari Ziyodbek Erkinboev ishtirok etib, joriy yilda avvalgi yillarga nisbatan meva-sabzavot eksportini yanada ko‘paytirish va daromad topish kerakligi, buning uchun hozirdan harakat boshlash zarurligi haqida to‘xtaldi.
Shuningdek, ‘FERGANSKAYA DOLINA FRESH SWEET’ MChJ faoliyati ham o‘rganildi. Korxonada yetishtirilayotgan va qayta ishlanayotgan eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘zdan kechirildi. Ayrim muammolarni hal etish bo‘yicha zarur yo‘l-yo‘riqlar belgilandi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati




