Tashkiliy masala ko‘rildi
2026-02-16 15:30:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligida umumta’lim va davlat ixtisoslashtirilgan maktablar, maktabgacha tarbiya muassasalari direktorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Tuman hokimining tavsiyasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga ko‘ra, Akmaljon Mo‘minov tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri vazifasiga tayinlandi.
Yig‘ilishda viloyat MMT boshqarmasi boshlig‘i A’zamjon Isakov, tuman hokimi Sherali Qosimov so‘z olib, katta tizimning yangi rahbariga faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar va muassasalar rahbarlariga yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda yangiliklarga intilib, tashabbuslar ko‘rsatib va zamon talablariga mos ravishda ishlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati









