Tinchlik uchun kurashganlarga ehtirom ko‘rsatildi
2026-02-16 10:40:00 / Yangiliklar

Tadbirda tuman hokimi Sherali Qosimov, viloyat veteran jangchi- faxriylar kengashi raisi Husniddin Jamolovlar so‘z olib, ishtirokchilarga samimiy tilaklarini bildirdilar.
To‘raqo‘rg‘on tumanimizdan 266 nafar yigitlar afg‘on urushida qatnashgan. Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan afg‘on urushi qatnashchilari maqomi Ikkinchi jahon urushi faxriylariga tenglashtirildi. Ularga turli imtiyozlar berildi. Tumandosh faxriylarimiz joylarda o‘tadigan har bir bayram va tadbirlarda o‘zlarining faol ishtiroklari bilan yoshlarga tinchlikni asrash, Vatanga munosib farzand sifatida kamolga yetish an’analarini yetkazish va targ‘ib qilishda ko‘makdosh bo‘lmoqdalar.
Tadbirda ana shunday faollarga Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi. Chiroyli dasturxon, tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlarining badiiy dasturlari, maktab o‘quvchilarining ko‘rgazmali chiqishlari ham ularga bag‘ishlandi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati









