Rahbar va yoshlar uchrashuvi: biriktirilganlarga navbatdagi e’tibor
2026-02-13 16:30:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumanida 183 nafar yoshlar tuman hokimligi, prokuratura, IIB, FFB, yana 651 nafar ishsiz yigit-qizlar turli darajadagi 37 nafar rahbarlarga biriktirilgan.

Bugun madaniyat markazida tashkillangan “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida ana shu yoshlar bilan tuman hokimi Sherali Qosimov, prokuror Ahmadxon Yusupov, IIB boshlig‘i Jahongir Xusaynovlar muloqotda bo‘lishdi. Yoshlarning foydali ish bilan mashg‘ulliklari, kelajakdagi rejalari bo‘yicha suhbatlashildi. Ularning aksariyati kasb-hunar o‘rganish, ishga joylashib hayotda o‘z yo‘llarini topishga harakat qilishayotganini bildirdilar. Ayrimlari tadbirkorlik uchun yer va bino kerakligini aytdilar.
Bu yoshlarga mahallalardagi yetakchilar ham zarur masalalarda ko‘maklashishlari bo‘yicha rahbarlar tomonidan alohida topshiriqlar berildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati







