To‘raqo‘rg‘on tumanida Coca-Cola ichimligi ishlab chiqarilmoqda
2026-02-12 15:00:00 / Yangiliklar
"Namangan” erkin iqtisodiy zonasida “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd” (CCI Uzbekistan) MChJ korxonasi tomonidan umumiy qiymati 75 mln.dollar, yillik ishlab chiqarish hajmi 100 mln. litr bo‘lgan loyiha amalga oshirildi.

Korxonada dastlabki mahsulot ichki bozorning savdo ob’ektlari peshtaxtalaridan joy olishni boshladi. Eng muhimi, loyiha ijrosi tufayli 300 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Tuman hokimining o‘rinbosari Z.Erkinboyev tomonidan korxonaning ish jarayoni o‘rganildi va uning rahbari Furkan Aydin bilan kelgusi rejalar, ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish, eksportga chiqarish bo‘yicha takliflar va muammolar yuzasidan suhbatlashildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati





