11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-02-11 15:30:00 / Yangiliklar
To‘raqo‘rg‘on tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari X.Maxmudova, O‘zbekiston Qahramoni X.Mirzayeva, 18-umumta'lim maktabi direktori M.Shermatova hamda pedagoglar va o‘quvchi-qizlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida ilm-fan sohasida ayollarning o‘rni, ularning yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi haqida so‘z yuritildi. Mehmonlar tomonidan o‘quvchi-qizlarga bilim olish, izlanishdan to‘xtamaslik, kelajakda yuksak marralarni zabt etish borasida qimmatli tavsiyalar berildi.
Tadbir samimiy muloqot va savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi hamda barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Ilmli ayol – jamiyatning tayanchi!
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati




