Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
2026-02-09 10:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi, 2026-yil 13-yanvardagi Respublika xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida 7-umumta’lim maktabida targ‘ibot ishlari olib borildi.

Targ‘ibot tadbirlarida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyati bo‘limi rahbari M.Appoqov, tuman hokimi o‘rinbosari I.Parpiyev va tuman ma’naviyat bo‘linmasi xodimlari, maktabga biriktirilgan nuroniylar ishtirok etdi.
Ishchi guruh a’zolari maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan kitob o‘qishga va fanlarga bo‘lgan qiziqishlari, bobolarimiz Navoiy va Boburning hayoti va ijodiga oid savollar berildi. O‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga javob olinib, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan to‘ldirildi.
Targ‘ibot tadbirlari davomida "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi.
To‘raqo‘rg‘on tumani hokimligi
Axborot xizmati




